Dizayn orqali

biznesingizni

yangi bosqichga olib chiqamiz

Foydalanuvchilar sevadigan, biznes uchun ishlaydigan saytlar va mobil ilovalar ishlab chiqamiz

BIZ HAQIMIZDA

100+

Samarali loyihalar

100+

Samarali loyihalar

8+

Yillik tajriba

8+

Yillik tajriba

50+

Mamnun mijozlar

50+

Mamnun mijozlar

Kompaniyamizning asosiy tamoyillari puxta ish, qat'iy muddat va mijoz roziligi. Har bir loyihaga individual yondashamiz va biznes maqsadlarini o'rganib, eng maqbul yechimlarni taklif etamiz.

Dizayn. Sifat. Ishonch.

SO'NGGI LOYIHALAR

Bizning ishlarimiz — har bir loyihada o'z izimiz

UX/UI dizayndan tortib to mobil ilovalar va veb-saytlargacha — har bir ishimizda sifat, kreativlik va professional yondashuv aks etadi. Har bir loyiha — bu mijozimizning muvaffaqiyati.

Reel image

NEGA BIZNI TANLASHINGIZ KERAK?

Biznes muvaffaqiyatingiz uchun to'g'ri tanlov

Sifat — bizning ish uslubimiz

Har bir piksel, har bir qator kod — biz uchun bu shunchaki vazifa emas, balki sizning biznesingizga bo'lgan mas'uliyatimizdir.

Sizning o'sishingiz — bizning g'ururumiz

Har bir loyiha yakunida biz faqat bitta savolni beramiz: mijozimiz mamnunmi? Javob har doim "ha" bo'lishi uchun ishlаymiz

Professional dizayn — bu hashamat emas, bu zarurat

Raqobat kuchli bo'lgan bozorda kuchli raqamli mavjudlik — bu sizning eng muhim investitsiyangiz. Biz uni to'g'ri qilamiz.

FIKR-MULOHAZALAR

Mijozlarimiz nima deydi?

SAVOL-JAVOBLAR

Ko'p so'raladigan savollar

Loyiha qancha vaqt davom etadi?

Loyihaning hajmiga qarab, oddiy veb-sayt 2-4 hafta, murakkab mobil ilova yoki katta veb-loyiha 2-3 oy davom etishi mumkin. Har bir loyiha uchun biz boshida aniq muddat belgilab olamiz va unga qat'iy rioya qilamiz.

Loyiha qancha vaqt davom etadi?

Loyihaning hajmiga qarab, oddiy veb-sayt 2-4 hafta, murakkab mobil ilova yoki katta veb-loyiha 2-3 oy davom etishi mumkin. Har bir loyiha uchun biz boshida aniq muddat belgilab olamiz va unga qat'iy rioya qilamiz.

Xizmatlar narxi qancha?

Narx loyihaning murakkabligi, hajmi va talablariga qarab belgilanadi. Biz har bir mijoz bilan individual suhbat o'tkazib, aniq narxni taqdim etamiz. Bepul konsultatsiya uchun biz bilan bog'laning.

Loyiha jarayonida qancha marta tuzatish kiritish mumkin?

Biz mijozlarimizning mamnuniyatini birinchi o'ringa qo'yamiz. Har bir bosqichda tuzatishlar kiritish mumkin va biz oxirgi natija sizni to'liq qoniqtirguncha ishlaymiz.

Loyiha tugagandan keyin qo'llab-quvvatlash bo'ladimi?

Ha, albatta. Loyiha topshirilgandan keyin biz 3 oylik bepul texnik qo'llab-quvvatlash ko'rsatamiz. Undan keyin ham doimiy hamkorlik shartlari asosida yordam berishda davom etamiz.

Qanday texnologiyalar ishlatilasiz?

Biz zamonaviy va ishonchli texnologiyalardan foydalanamiz — veb-saytlar uchun React, Next.js, mobil ilovalar uchun Flutter. Har bir loyiha uchun eng mos texnologiyani tanlaymiz.